Тariximiz

Tashkent shahar Planetariy 2003 yildan beri faoliyat kòrsatib kelmoqda. Planetariyga tashrif buyuruvchilar uchun 3 D formatda kòrsatiladigan turli mavzularda dasturlar mavjud, unda koinot sirlari, sayyoralar, gallaktikalar va teleskop haqida ma’lumot olish mumkin. Kòrgazma zalimizda maketlar, eksponatlar hamda «Quyosh sistemasi», «Burjlar», zamonaviy kòrinishda tasvirlangan bòlib barchani e’tiborini birdek òziga tortadi.
Toshkent shahar Planetariysining kirish qismida katta qilib ishlangan teleskop maketi kelayotganlarni òziga jalb etadi.
Planetariyda nafaqat maket va eksponatlar òrnatilgan, balki óquvchi-yoshlar qolaversa barcha muxlislar, shuningdek chet ellik sayyohlar uchun ham yil davomida turli mavzularda bayram tadbirlari ótkazilib kelinmoqda.

Nega aynan biz?

Planetariyda nafaqat madaniy-ma’rifiy tadbirlar balki an’anaviy xayriya tadbirlari ham òtkaziladi. Unda Toshkent shahardagi mehribonlik uylari va maktab-internatda tarbiyalanuvchilar, kam ta’minlangan oila farzandlari ishtirok etadilar. Tadbir davomida ularga bepul xizmat kòrsatish barobarida ehson dasturxonlari yozilib, qalblariga quvonch ulashib badiiy jamoalarining chiqishini tashkil etgan holda estalik sovģalari bilan taqdirlanadular. Planetariyga tashrif buyuruvchilar ma’naviy ozuqa olish bilan birga koinot sir-asrorlaridan voqif bólgan holda kòtarinki ruhda taasurotlarga boy holda Planetariy xodimlariga samimiy minnatdorchiliklarini bildiradilar.

Biz haqimizda faktlar

Biz birinchi

Toshkent shahar planetariysi - O'zbekiston Respublikasidagi birinchi va yagona planetariy

Biz o'smoqdamiz

Planetariyaga tashrif buyuruvchilar soni yildan-yilga ko'payib bormoqda.

Biz diqqatni jalb qilamiz

Tashkent City Planetarium ham poytaxtimiz mehmonlari e'tiborini tortmoqda.

Biz orqada qolmayapmiz

Har yili u yangi zamonaviy modellar va eksponatlar bilan to'ldirilmoqda.

Biz zamonaviymiz

video namoyish qilish uchun eng yangi uskunalar.

Tilni tanlash

Dunyoning 3 tilida video: o'zbek, rus, ingliz.

Yoqimli xodimlar

photo_2021-05-08_00-10-37
Xikmatova Noiba Xikmatullayevna.

Rahbar

2014 yildan beri Toshkent shahar Planetariysini rivojlantirishga òz xissasini qóshib kelmoqda. N.Xikmatova samiymiy va jonkuyar, izlanuvchan, tadbirkor va maftunkor ayol. Oilada mehribon ona va vafodor yor. N.Xikmatova yosh bòlishiga qaramasdan talabchan rahbar. U yangilikka intiluvchan, izlanuvchan, qobiliyatli, madaniyatli va jamoasi oldida hurmatga sazovor inson.

photo_2021-05-03_21-35-42
Kamilova Mavlyuda Arifovna.

Ilmiy hodim

Madaniyat soxasida uzoq yillardan beri ishlab kelayotgan M.Kamilova Planetariyda 2018 yildan beri ilmiy hodim lavozimida ishlab kelmoqda. M.Kamilova juda hushchaxchax, samiymiy, adolatparvar va òz ishiga ma'suliyatli hodim, yangiliklarga qiziquvchan hammaga birdek mehribon, ochiqkòngil ayol. Planetariyga tashrif buyuruvchilarni kengayib borishida M.Kamilovaning tarģibotchiligi taxsinga sazovor.

photo_2021-05-03_21-35-40
Azimova Madina Maxsutxanovna.

Uslubiyatchi

M.Azimova Toshkent shahar Planetariysidagi eng jonkuyar chaqqon, fidokor hodim. U 2016 yildan beri Planetariyda òtkaziladigan barcha madaniy-ma'rifiy tadbirlarda uning tashabbuskorligi tufayli tadbirlar nihoyatda yuqori saviyada òtkaziladi. Hamma uchun birdek dòst va suhbatdosh. M.Azimova òtkazadigan har bir ekskursiya va suxbatlaridan muxlislar mamnun.

photo_2021-05-03_21-35-53
Axmedova Aziza Adildjanovna

Kadrlar bólimi noziri

A.Axmedova yosh va óz ishiga ishtiyoqi baland xodimlardan biri. U jiddiy óz ishiga òta talabchan, samiymiy inson. 2017 yildan beri A.Axmedova Toshkent shahar Planetariysi kardlar bólimi noziri vazifasida ishlar ekan har bir hujjatga javobgarlikni his qilgan holda vaziyatga óta masuliyat bilan yondoshadi. U Planetariyda òtkaziladiga har bir tadbirninig yuqori saviyada va tartibli òtishida tashkilotchilik va tadbirkorligi qòl keladi.

Tashkent shahar Planetariysi sizni tashrif buyurishga taklif qiladi